joseph-stalin-gettyimages-464426375.jpg

Stalin nomini eshitmagan, bilmagan o,’zbeklar juda kam. kimlardir uchun”xalqlar otasi”, kimlardir uchun esa “xalqlar qotili” sifatida ko’riluvchi bu kimsa nafaqat SSSR, balki butun dunyo tarixida xam eng shavqatsiz yetakchilardan biri xisoblanadi.

“Buyuk doxiy”ning doxiyona qarorolari sabab yuz minglab insonalr vatanidan ayrilgan va ona yurtidan uzoqda vafot etgan, yana yuz minglab insonlar turli tuxmat va bo’xtonlar bilan o’limga xukm qilingan. Butun bir xalqlar yo’qlikka maxkum etilgan. Insoniyat tarixidagi eng shavqatsiz davlat raxbarlaridan biri xaqida xikoya qiladi, zero avlodlar ularning ajdodlari qanday kunlarni boshidan o’tkazganini bilishi va xulosa chiqarishi lozim.

Alam bilan o’sgan gruzin

Iosif Jugashvili Vissarionovich yoki Stalin 1878 yil 18-dekabr kuni Gruziyaning Gori shaxrida tavallud topadi. Stalinning otasi, kelib chiqishi osetin deb aytiluvchi Vissarion Jugashvili poyabzal tikuvchi usta edi. Oila ancha kambag’al bo’lib, juda ko’p ichuvchi ota mast xolda kelib, o’g’lini ayamay do’pposlardi. Aynan kaltaklar yosh Stalin ruxida shavqatsizlik va diydasi qattiqlikka sabab bo’ladi.

Nochor oila o’g’lini bepul cherkov maktabiga joylashtiradi. Diniy maktabni tugatgan Jugashvili poytaxt Tbilisidagi diniy seminariyaga o’qishga kiradi. Bu yerda u ilk bor jaxon sotsialistik g’oyalari asoschhisi - Karl Marks kitoblari bilan tanishadi. Yosh gruzin kavkazdagi sotsial-demokratlar xarakati bo’lmish “Masseme-dasi”ga qo’shiladi. Sotsializim targ’ibotchisiga aylangan Jugashvili temiryo’lchilarnin inqilobiy guruxiga raxbarlik qila boshlaydi.

Inqilobiy xarakatatlari sabab Stalin 1899 yil diniy seminariyadan xaydaladi. Shunan so’ng tbilisi rasadxonasiga ishga kiradi va o’lkadagi siyosiy jarayonlar xamda namoyishlarda faol qatnasha boshlaydi>

1903 yili Rossiya sotsial-demokratlari ikki guruxga: manshevik va bolsheviklarga bo’linib ketgach, Jugashvili ancha jangariroq ikkinchi guruxni tanlaydi. “Pravda” “Zvexda” gazetalarini tashkil etishda qatnashadi va “Pravda” gazetasida muxarrirlik qiladi. Gazetada ‘marksizm va milliy masalalar” maqolasi chop etilgach, Stalin milliy masalalar bo’yicha mutaxassis sifatida obro’ qozonadi. Bolsheviklar raxbari Lenin ko’rstamasi bilan Kavkazdagi namoyish va mitinglarda qatnashishni to’xtatmagan Stalin yetti marta qamoq va bir necha marta surgun bilan jazolanadi.

RV-AO843_bkrvst_M_20141120103359.jpg

Yosh stalin. 1904-yil. Foto: Live journal

“Stalin” nomi qanday paydo bo’lgandi? Xaqiqatda temir iroda uchunmi?

Partiyaga qo’shilgan Jugashviliga jarangdor va ruschada qulay aytiluvchi ism kerak edi. Dastlab u o’ziga “Koba” nomini tanlaydi. Bu gruziyadagi mashxur asar qaxramoni nomi edi. Ikkinchi taxminlarga ko’raa, bu ism Gruziyani egallab olgan fors shoxi Kubod II nomi bilan bog’liq bo’lib, Stalin ushbu sosniylar shoxiga juda qiziqqan.

Ammo keyinroq bolsheviklar safiga qo’shilgan va siyosiy doirasi ancha kengaygach, jugashviliga yangi ism lozim bo’ladi. 1912 yil u Shveytsariyadagi partiya doxiysi Leninga xamoxang Stalin nomini oladi. Lekib bu borada xam turki qarashlasr mavjud: partiya propagandasi bu ism gruzincha po’lat so;zini bildiruvchi “Juga” familyasi sabab ilinganini ta’kidlab kelgan. Biroq SSSR tarqalib keetgach aniq bo’ldiki, “Juga” xech qanday po’lat ma’nosini bermaydi. Ba’zilar bu jugashvilining sevgilisi Lyudmila Stal nomi bilan bog’lanishini aytsa< ba’zi taxminlarini yo’q qilishni buyurgan noshir Yevgeniy Stefan Stalinskiyga qaratiladi.

unnamed.jpg

Lyudmila Stal. Foto Live Journal

Ammo shu narsa aniqki, Stalin nomi xech qanaqa temir iroda yoki o’g’lini nemis generaliga almashtirmagan po’latdek qattiq vatanparvar insonga bog;liq emas. Bu nom shunchaki doxiyga yoki maxbubaga qo’yilgan “paxta” edi.

Xokimiyat tomon yo’l

1917 yil fevral inqilobi yuz bergan paytda Stalin surgunda edi. Inqilobdan so’ng ozodikka chiqqan Koba Petrogradga keladi. Xokimiyatni egallagan liberal o’rta sinf vakillarini bir muncha vaqt qo’llab-quvvatlagan Stalin keyinroq Lenin ta’siri ostida xokimiyatni kuch bilan tortib olishga xayrixox bo’ladi. 1917 yil oktyabr inqilobini amalga oshirishda Stalin xam katta rol o’ynaydi. Inqilobdan so’ng olkiy xokimiyat Lenin, Stalin va Lev Trotskiy qo’liga o’tadi. Lenindek kuchli notiqlikka, Trotskidek bilimga ega bo’magan Jugashvili asosan tashkilotchilik ishlari bilan shug’ullanadi.

Fuqarolar urushi davomida xarbiy xrakatlarda qatnashgan Stalin bir vaqtning o’zida millatlar masalalari bo’yicha komissar (vazir) sifatida xam ishlaydi. 1922 yil Rossiya kommunistik partiyasi markaziy plenumida Siyosiy byuro va Markaziy qo’mita a’zosi bo’lmish Stalin Markaziy qo’mita bosh kotibligiga sylanadi. Bu lavozim o’sha paytda faqatgina partiya raxbarligini belgilardi. Xalq komissarlari soveri raisi Lenin amalda butun hokimiyat egasi, xukumat va partiya raxbari xisoblanardi. Keyinchalik Lenin vafot etganidan so’ng Stalin davlatni boshqara boshlagach, Markaziy qo’mita bosh kotibi SSSR raxbari lavozimiga aylandi. Markaziy qo’mita bosh kotibligi Stalinga o’z ittifoqdoshlarini muxim lavozimlarga tayinlash va guruxni yaraishga imkon beradi.

Lenin vafotidan so’ng kurashda g’olib chiqqan Satlin SSSRnning yangi raxbariga aylanadi. Stalin xokimiyat yo’lidagi asosiy raqibi Trotskiyni Nikolay Buxarin va Aleksandr Rikov bilan birgalikda yo’ldan ilib tashlaydi. Trotsky mamlakatdan quvg’un qilinadi va 1940 yil Meksikada Stalin buyrug’i bilan otib o’ldiriladi. Keyinroq Buxarinning boshiga Trotskiynikidanda og’irroq qismat tushadi: 1938 yili otib tashlanadi.